Raqamli texnologiyalarning tilga ta’siri: retronimlar

Xolmonova Sadoqat Abdubannoyevna

Қўқон университети хабарномаси · 2023-yil

Annotatsiya

Bugungi kunda texnologiyalardan ayro holda yashash mumkin emas. U hayotimizning barcha jabhalarini to‘liq qamrab oldi, desak adashmaymiz. Texnologiyalardan, ayniqsa raqamli texnologiyalardan turli maqsadlarda har kuni foydalanmoqdamiz. Hayotimizda uning paydo bo‘lishi turli sohalarda turmushimizning o‘zgarishiga sabab bo‘ldi: insonlar bilan muloqotda geografik hudud uzoqligi o‘z ahamiyatini yo‘qotdi, har kuni ishga borib, ofisda o‘tirib ishlash majburiyati ozaymoqda, bank va to‘lov ishlari, hujjatlar bilan bog‘liq yumushlarni endi uyda hal qilmoqdamiz, onlayn kurslarda tahsil olib, uydan chiqmagan holda kasb va hunar o‘rganmoqdamiz. Bularning barchasi hayotimizda turli qulayliklarni yaratishi bilan birga tilimizda ham yangi tushunchalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Chunki til va texnologiyani alohida tasavvur qilish mumkin emas. Texnologiyalarni yaratishda turli dasturlash tillaridan foydalanilsa, yaratilgan mahsulot tilning rivojlanishiga va uning neologizmlar bilan boyishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Hozirgi kunda jamiyatimizdagi yangi tushunchalarning barchasi eski tushunchalarning qayta nomlanishiga sabab bo‘lmoqda va natijada lug‘at boyligimiz retronimlar bilan boyishda davom etmoqda. Ushbu maqolada retronimlarning paydo bo‘lishida texnologiyaning tutgan o‘rni haqida fikr yuritamiz.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXolmonova Sadoqat Abdubannoyevna
JurnalҚўқон университети хабарномаси
NashriyotҚўқон университети
ISSN2181-1695
Nashr sanasi2023-06-21
Betlar328-332
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

neologizm, onlayn, raqamli texnologiya, retronim, qayta nomlash.

Iqtibos keltirish

APAXolmonova Sadoqat Abdubannoyevna (2023). RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TILGA TA’SIRI: RETRONIMLAR. Қўқон университети хабарномаси, 328-332. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/362
GOST (OAK)Xolmonova Sadoqat Abdubannoyevna RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TILGA TA’SIRI: RETRONIMLAR // Қўқон университети хабарномаси. – 2023. – B. 328-332.
MLAXolmonova Sadoqat Abdubannoyevna. “RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TILGA TA’SIRI: RETRONIMLAR.” Қўқон университети хабарномаси, 328-332, 2023. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/362
ChicagoXolmonova Sadoqat Abdubannoyevna. “RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TILGA TA’SIRI: RETRONIMLAR.” Қўқон университети хабарномаси, 328-332 (2023). https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/362
HarvardXolmonova Sadoqat Abdubannoyevna (2023) ‘RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TILGA TA’SIRI: RETRONIMLAR’, Қўқон университети хабарномаси, 328-332. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/362
BibTeX
@article{xolmonovasadoqatabdubannoyevna2023,
  title = {RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TILGA TA’SIRI: RETRONIMLAR},
  author = {Xolmonova Sadoqat Abdubannoyevna},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year = {2023},
  pages = {328-332},
  url = {https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/362}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2023-yil arxivi