Bugungi kunda ko‘plab davlatlar raqobat organlari oldida raqamli bozorlarni huquqiy jihatdan tartibga solishda mavjud normativ-huquqiy hujjatlar va huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish masalasi asosiy o‘rinda turibdi. Ushbu masalani hal qilishda dastavval, raqamli bozor tushunchasiga umumiy huquqiy ta’rif berish, uning an’anaviy tovar bozorlaridan farqi va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash lozim bo‘ladi. Raqamli bozorlarning tez sur’atlarda rivojlanishi bevosita unda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining xatti-harakatlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Raqamli bozorlarda asosan bir nechta yirik tadbirkorlik subyektlari o‘zlarining intellektual salohiyati, kuchli tarmoq effektlari va o‘rnini bosuvchisi bo‘lmagan tovar va xizmatlarga ega bo‘lganligi sababli boshqa raqobatchi subyektlarga nisbatan raqobat qonunchiligida taqiqlangan harakatlarni sodir etish holatlari kuzatiladi. Bularga shartnoma tuzishdan assosiz bosh tortish, bozorda monopol past narx o‘rnatish orqali raqobatchilarni siqib chiqarish, xaridorlarga raqamli tovar va xizmatlarni nol qiymatdagi narxlarda taqdim etish, shuningdek, o‘z xaridorlari bilan maxsus shartlar asosida shartnoma tuzish orqali ularni boshqa raqobatchilar bilan ishlashini cheklash kabilarni kiritish mumkin. Hozirda ko‘plab mamlakatlar raqobat to‘g‘risidagi qonunchiligiga raqamli bozor va raqamli bozorda ustun mavqeni suiiste’mol qilish kabi tushunchalar kiritilmoqda. Amaliyotda raqamli bozorda ustun mavqe tushunchasini aniqlash bir muncha murakkab jarayon hisoblanadi. Ushbu maqolada ilmiy adabiyotlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda raqamli bozor tushunchasi hamda raqamli bozorda ustun mavqeni suiiste’mol qilish muammolari tahlil qilinadi va tegishli xulosalar keltiriladi.
| Mualliflar | Utayeva , Mohipari, Utaeva , Mokhipari, Утаева, Мохипари |
|---|---|
| Jurnal | Юриспруденция |
| Nashr sanasi | 2022-06-20 |
| Jild | 2 |
| Betlar | 151-157 |
| Til | O‘zbek |
digital economy, digital market, dominance, abuse of dominance, digital platform, network effect, цифровая экономика, цифровой рынок, доминирующее положение, злоупотребление доминирующим положением, цифровая платформа, сетевой эффект, raqamli iqtisod, raqamli bozor, ustun mavqe, ustun mavqeni suiiste’mol qilish, raqamli platforma, tarmoq effekti
The Internet is the backbone of the digital economy. It is a global network that is distributed, developed, and applied by states, organizations, and civil society with their respective roles, principles, and programs…
Ушбу мақолада ислом банки тушунчаси ва моҳияти, анъанавий банклардан фарқли жиҳатлари ҳамда улар томонидан кўрсатиладиган хизматларнинг ўзига хос хусусиятлари очиб берилган. Шунингдек, таҳлиллар натижаси юзасидан миллий…
Mazkur maqolada fuqarolik protsessida qonuniy vakilning ishtiroki, qonuniy vakillikning asoslari va ishda ishtirok etish tartibi, qonuniy vakilning ishni sudda ko‘rish bosqichida majburiy ishtiroki masalalari tahlil…
В настоящей научной статье анализируются особенности либерализации деятельности СМИ в Республике Узбекистан. Учитывая сущность развития реформ в данной сфере, а также развитие законодательства в сфере деятельности СМИ…
Maqolada oilaviy nizolar va nizolarni hal etishda mediatsiya tartib-taomilini o‘tkazish bo‘yicha xorijiy tajriba muhokama qilinadi, xorijiy mamlakatlardagi mediatsiya to‘g‘risidagi qonunlar va ularning qabul qilish…
Maqolada muallifning mulkiy huquqlarini jamoaviy boshqaruvchi tashkilotlar huquqiy maqomining o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston va xorijiy davlatlar misolida ko‘rib chiqilgan. Mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqaruvchi…
Qonun ustuvor bo‘lgan mamlakatlarda jamoat manfaatlari ustuvor hisoblanadi, jinoyatchilik qarshi kurashishga asosiy e’tibor qaratiladi. Shu bilan birga, jinoyat har doim sodir bo‘lib turadigan jamiyatdagi ziddiyat…
В Республике Узбекистан осуществляются меры по усилению роли политичес-ких партий, активизации их деятельности. В статье 100 Конституции Республики Узбекистан были закреплены конституционные гарантии полномочий органов…
Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi va sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishiga yarasha jazo olishi shart. Bugungi kunda odil sudlov siyosatini yuritish davlat siyosatining…
Mazkur maqola ma’muriy organ qarorlarini sud tartibida ko‘rish masalalarining o‘ziga xos jihatlari, shikoyat qilish tushunchasini yoritib berishni tashkil etadi, shuningdek ma’muriy organ qarorlarini ko‘rishning…