Mazkur maqolada rivojlangan Sharq davlatlarining elektron valyuta munosabatlarini huquqiy tartibga solish jarayoni, bosqichlari va tartibi yoritilgan. Ma’lumki, respublikada milliy valyutani mustahkamlashda so‘mning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini taʼminlash asosiy vazifa sanaladi. Rivojlangan Sharq davlatlarining elektron valyuta tizimi ularning porloq kelajagini ham ko‘rsatib o‘tadi. Albatta, elektron valyuta tizimini rivojlantirish yo‘lida bosqichma-bosqich harakat qilish lozim. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to‘ldirish va zarur ehtiyojlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni isteʼmol tovarlari bilan to‘ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib borish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali isteʼmol tovarlari sotishning umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshirib boriladi. Ishimizning mаqsаdi hozirgi kunda mamlakatimiz va jаhоn аmаliyоtidа elektron valyuta bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar, ularning huquqiy asoslarini tahlil qilish hamda xalqaro maydondagi elektron valyuta bozori xususiyаtlаri vа rivоjlаnish istiqbоllаrini аniqlаsh; elektron valyuta bozori va u orqali to‘lov jarayonini tаkоmillаshtirish bо‘yichа tаkliflаr ishlаb chiqishdan iborat. Ishning obyektini elektron valyuta va uni huquqiy tartibga solish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Maqolada rivojlangan Sharq davlatlarining elektron valyuta munosabatlari tizimini davlatimizda joriy etish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash, xorijiy sarmoyador, tadbirkor va ishbilarmonlar bilan iqtisodiy integratsiya samaradorligini oshirish uchun o‘zimizda ham elektron valyuta munosabatlarini huquqiy tartibga solish, imtiyoz va preferensiyalar berishni takomillashtirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Mamlakatimizda elektron valyuta munosabatlari faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.
| Mualliflar | Xolmirov , Begali, Kholmirov , Begali, Холмиров , Бегали |
|---|---|
| Jurnal | Юриспруденция |
| Nashr sanasi | 2026-02-18 |
| Jild | 2 |
| Son | 3 |
| Betlar | 56-64 |
| Til | O‘zbek |
electronic currency, bitcoin, WebMoney, crypto currency, international payment systems, banking system, электронная валюта, биткоин, WebMoney, криптовалюта, международные платежные системы, банковская система, elektron valyuta, bitcoin, WebMoney, kriptovalyuta, xalqaro to‘lov tizimlari, bank tizimi.
Maqolada davlat Konstitutsiyasidagi eng muhim fundamental huquq – xususiy mulk huquqi bilan bog‘liq asosiy muammolar tadqiq qilinadi, xususiy mulk daxlsizligi konstitutsiyaviy tamoyilining mazmunini aniqlashga doir…
Mazkur maqolada an’anaviy tarzda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari bilan bir qatorda elektron davlat xizmatlari tushunchasi, undan foydalanish tartibi va o‘ziga xosliklari yoritilgan. Xususan, o‘tgan ikki yil davomida…
Ushbu maqolada to‘lovga qobiliyatsizlik holati vujudga kelishini aniqlash maqsadida kreditorlar tomonidan bildiriladigan barcha talablar tizimlashtirilgan. Mazkur talablar pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar…
Mazkur maqolada muallif tomonidan sudlarda sunʼiy intellektning asosiy vazifalari: maʼlumotlarni tashkil etish, maslahat berish, bashorat-oldindan taxmin qilish kabi funksiyalari tahlil etilgan. Bundan tashqari, ushbu…
Tovar belgilarining huquqiy maqomi shaxsiylashtirish vositasi sifatida tovar ishlab chiqarishda namoyon bо‘ladi. Tovar belgisiga nisbatan egalik qiluvchining huquqiy holati ham tovar belgisi maqomini…
Ushbu ilmiy maqolada soliq nazoratining ilmiy va konseptual asoslari tizimli tahlil qilingan. Chunki hozirga qadar bu masala yuridik jihatdan chuqur tadqiq etilmagan. Soliq nazorati samaradorligini oshirishning…
Ushbu maqolada raqamli huquqlarning bugungi kunda qanchalik rivojlanib, hayotimizning barcha sohalariga kirib borayotganligi va shuning uchun ham ularni tartibga solishning zaruriyatga aylanayotgani haqida so‘z boradi…
В статье анализируются осуществляемые в Республике Узбекистан экономические реформы, в частности направленные на либерализацию валютного рынка, вопросы ответственности в уголовном законодательстве Республики…
В данной статье исследованы вопросы правового регулирования инвестиционных соглашений в цифровой экономике в период усиленного развития технологий. Экономические и политические императивы сочетаются с технологическими…
Ushbu maqolada norma ijodkorligi jarayonida foydalaniladigan axborotning tasniflanishi, turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot predmetini O‘zbekiston Respublikasida norma…