Shiddat bilan rivojlanayotgan bozor munosabatlari sharoitida insofsiz raqobat va uning oldini olish bugungi kunning eng muhim iqtisodiy masalalaridan biri hisoblanadi. Shu bois davlat tomonidan iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish sohasida shaxslarni raqobatga zid bo‘lgan har qanday harakatlardan himoya qilish bilan bog‘liq qonunchilik tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan tizimli huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, raqobat bor joyda har doim qonun bilan taqiqlangan insofsiz raqobat bo‘lishi mumkin. Insofsiz savdo amaliyoti ham insofsiz raqobat bilan birgalikda xuddi shunday huquqbuzarlikdir. Insofsiz raqobat, xususan, insofsiz savdo amaliyoti qonunchilikning turli sohalari, xususan, Intellektual mulk hamda Raqobat huquqi bilan huquqiy tartibga solinishi orqali raqobatchilar hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi huquqbuzarlik turlarini tan olishi mumkin. Maqolada muallif insofsiz raqobat tushunchasi va belgilarini, insofsiz savdo amaliyoti tushunchasi va xususiyatlarini huquqiy doktrina, xalqaro qonunchilik va O‘zbekiston Repsublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni nuqtayi nazaridan tahlil qilgan holda insofsiz savdo amaliyotini tartibga solish qoidalarini O‘zbekiston Respublikasining raqobatga oid qonun hujjatlarida aks ettirish orqali qonunchilikni takomillashtirishga oid qator ustuvor masalalarga javob berishga harakat qiladi.
| Mualliflar | Tadjibayeva , Maxsuda, Tadjibayeva , Mahsuda, Таджибаева , Махсуда |
|---|---|
| Jurnal | Юриспруденция |
| Nashr sanasi | 2026-02-18 |
| Jild | 1 |
| Betlar | 56-65 |
| Til | O‘zbek |
fairness, unfair trade practices, price, signs of unfair competition, market power, price manipulation, consumer discrimination, damaging business reputation, economic advantage and damage., справедливость, добросовестность, недобросовестная конкуренция, недобросовестная торговая практика, цена, признаки недобросовестной конкуренции, рыночная власть, манипулирование ценами, дискриминация потребителей, нанесение ущерба деловой репутации, экономическая выгода и ущерб., adolat, insoflilik, insofsiz raqobat, insofsiz savdo amaliyoti, narx, insofsiz raqobat belgilari, bozorda o‘z kuchini ko‘rsatish, narxlarni manipulyatsiya qilish, iste’molchilarni kamsitish, ishchanlik obro‘siga putur yetkazish, iqtisodiy afzallik va zarar.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha bolaning nasl-nasabini belgilash, shu jumladan, bolaning tug‘ilganligini qayd etishda uning nasl-nasabini belgilash, otalikni FHDYo tartibida…
. Maqolada dunyoning moliyaviy markazlaridan biri bo‘lgan AQShda investitsiya fondlarining paydo bo‘lish tarixi, investitsiya fondlariga oid qonunchilikning vujudga kelishi va investitsiya fondlari faoliyatini huquqiy…
Muallif tomonidan mazkur maqolada dunyoning yetakchi davlatlarining tijorat banklarida korporativ boshqaruv, uning huquqiy asoslari, tijorat banklarida korporativ boshqaruvning o‘ziga xosligi, uning ahamiyatini…
Bugungi kunda qarz shartnomasi bo‘yicha amaliyotda qo‘llanilib kelinayotgan tartib va taomillar, sohada shakllangan ish muomalasi odatlari hamda bank va moliya sohasida qarz berish faoliyatini tartibga solishga…
Mazkur maqola raqobat huquqi va uning asosiy tushunchalariga qisqacha yondashuv bilan birga, bugungi kunda milliy qonunchilik uchun huquqiy tartibga solinishga ehtiyoj sezuvchi ustun mavqe tushunchasi, uning yuridik…
Mazkur maqolada elektron savdo tushunchasi, jahondagi elektron savdoning umumiy holati va yuksalish dinamikasi, xalqaro elektron savdoni tartibga solishda xorijiy mamlakatlar qonunchiligi tajribasi, bu sohada…
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasida rivojlangan xorijiy davlatlar bo‘lmish Fransiya, Finlandiya, Tayvan kabi davlatlarda Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish…
Mazkur maqolada O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati bilan bog‘liq muammolar, nodavlat notijorat tashkilotini ijtimoiy foydali deb e’tirof etishni huquqiy tartibga solish istiqbollari…
В статье анализируется право граждан на труд в качестве одного из видов конституционных прав. Осуществлена попытка выявить сущность данного права в условиях цифровизации экономики, равно как и влияние…
Ushbu maqolada Hukumatning davlat hokimiyati tizimida tutgan о‘rni, Hukumatning parlament va prezident bilan о‘zaro munosabatlari, Hukumatning qonunlar ijrosi yuzasidan qarorlar qabul qilishi, ijro hokimiyatining…