LOVIYANING ILDIZ VA ANG‘IZ QOLDIQLARI, ULARNING TUPROQ UNUMDORLIGI VA GUMUS ZAXIRALARIGA TA’SIRI

Kubayeva, Munira

Agroinnovatsiya · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida ang‘izga ekilgan loviyaning tuproq unumdorligi va gumus zaxirasiga ta’siri 2022–2024-yillarda o‘rganildi. Dala tajribalarida o‘simlikning tuproqqa qaytgan organik qoldiqlari va ularning gumusga aylanish jarayonlari tahlil qilindi. Tadqiqot davomida ildiz va ang‘iz qoldiqlari o‘rtacha 2,58–4,14 t/ga miqdorni tashkil etdi. Dastlabki holatda gumus miqdori 1,1220%, zaxirasi esa 43,76 t/ga bo‘lgan. Uch yillik kuzatuvlar yakunida mineral o‘g‘itlar va bakterial preparat (BiNitro) qo‘llanilgan variantlarda gumus miqdori dastlabki ko‘rsatkichga nisbatan oshganligi aniqlandi. Natijalar ang‘izga loviya ekish va o‘simlik qoldiqlarini tuproqda saqlash unumdorlikni barqarorlashtirishning muhim omili ekanligini ko‘rsatdi

Maqola ma’lumotlari
MualliflarKubayeva, Munira
JurnalAgroinnovatsiya
Nashr sanasi2026-08-20
Jild4
Son4
Betlar60-66
TilIngliz

Kalit so‘zlar

loviya, ildiz qoldig‘i, ang‘iz qoldig‘i, organik qoldiq, gumus

Ilmiy soha

Agroinnovatsiya jurnalidan boshqa maqolalar

Agroinnovatsiya — barcha maqolalar