Ushbu tadqiqotning maqsadi mahalliy Ganoderma resinaceum shtammi uchun donli urug‘lik mitseliy tayyorlash texnologiyasini optimallashtirish va turli don substratlarining samaradorligini baholashga qaratilgan. Tajribada bug‘doy (Triticum aestivum L), arpa (Hordeum vulgare L), makkajo‘xori (Zea mays L) va sorgo (Sorghum bicolor L) substratlari qo‘llanildi. Substratlar standart texnologiya asosida tayyorlanib, steril sharoitda mitseliy bilan inokulyatsiya qilindi va 28°C ±2 haroratda inkubatsiya qilindi. Natijalar substrat turiga qarab mitseliy rivojlanish tezligi sezilarli darajada farqlanishini ko‘rsatdi. Eng tez kolonizatsiya sorgo substratida kuzatilib, mitseliy 7–8 kun ichida to‘liq rivojlandi. Bug‘doy substratida ushbu ko‘rsatkich 10 kunni tashkil etdi, arpa va makkajo‘xori substratlarida esa 11–12 kun davom etdi. Statistik tahlil natijalari sorgo substratining boshqa variantlardan ishonchli farq qilishini (p < 0.05), arpa va makkajo‘xori o‘rtasida esa sezilarli farq mavjud emasligini (p > 0.05) ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari Ganoderma resinaceum uchun samarali urug‘lik mitselliy tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
| Mualliflar | Boboxonov, M.Z., Mustafayev, I.M., Xalmuratov, M.A., Mamurova, Z.M. |
|---|---|
| Jurnal | Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар |
| Nashr sanasi | 2026-08-10 |
| Jild | 8 |
| Son | 07 |
| Betlar | 712-719 |
| Til | Ingliz |
| DOI | 10.70728/a.series.tab.v08.i07.093 |
DOI: 10.70728/a.series.tab.v08.i07.093 · Maqolaning asl sahifasi
urug‘lik mitseliy, don substratlari, sorgo, bug‘doy, kolonizatsiya, optimallashtirish
Maqolada Xorazm vohasining sug‘oriladigan sholi agrotsenozlarida uchraydigan asosiy fitofaglarning fenologik va bioekologik xususiyatlari yoritildi. Tadqiqot e’tibori zararkunandalarning sholi vegetatsiyasining qaysi…
Mazkur maqolada 2023–2025 yillar davomida Markaziy Qizilqum cho‘li hududida olib borilgan ekspeditsion tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Tadqiqot davomida Tenebrionidae oilasiga mansub qora tanli qo‘ng‘izlarning…
Мақолада олий таълим муассасаларида табиий фанлар таълимида фанлар интеграциясидан фойдаланиб, қуёш радиациясини конвертация қилиш жараёнларини ўрганиш имкониятлари тўғрисида фикр юритилади. Бундан ташқари табиий фанлар…
Orol dengizi artemiyasi (Artemia parthenogenetica) Markaziy Osiyo sharoitida eng muhim gidrobiontlar qatoriga kiradi. Orol dengizining qurishi va suvning keskin sho‘rlanishi natijasida artemiya populyatsiyasi barqaror…
Ushbu maqolada Cu(II) sulfat va etidronik kislota asosida hosil qilingan metall-bifosfonat kompleks birikmasi kvant-kimyoviy usullar yordamida o‘rganildi. DFT hisoblashlari asosida kompleksning molekulyar geometriyasi…
Ushbu tadqiqotda poliol va suvli tizimlardagi korroziya ingibitorlarining foydaliligi - ular tez-tez kimyoviy ishlab chiqarish, sovutish tizimlari va energiya konversiyasi kabi sanoat jarayonlarida qo'llaniladi…
Mazkur maqolada Surxon vohasida paxtachilikni rivojlantirish jarayonida mexanizatsiyalashni keng joriy etishda muhim rol o‘ynagan ilg‘or mexanizatorlardan biri — Shoymardon Qudratovning mehnat faoliyati, ish tajribasi…
So‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishi, antropogen yuklama va tuproq resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish Markaziy Osiyoning cho‘l va yarim cho‘l ekotizimlarida degradatsiya jarayonlarini kuchaytirmoqda. Sho‘rlanish…
Water–oil emulsions formed during crude oil production and transportation represent one of the major technological challenges in petroleum processing due to their high stability and resistance to conventional separation…
Опадение цветков и завязывание плодов у цитрусовых — это строго регулируемые процессы, которые напрямую ограничивают урожайность культур. Этот обзор синтезирует текущие геномные, транскриптомные и метаболомные открытия…