Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bemorlarida buyrak disfunksiyasining erta biomarkerlari

Sharipova N.S., Jabbarov O.O.

Ёш олимлар тиббиёт журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi (SO‘OK) nafas tizimining progressiv kechuvchi, qaytmas obstruksiyasi bilan tavsiflanadigan kasallik bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab aholining katta qismini qamrab olgan dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammo hisoblanadi. SO‘OK klinik jihatdan nafaqat o‘pka funksiyasining buzilishi, balki organizmning turli tizimlarini qamrab oluvchi ekstrapulmonal asoratlar bilan ham kechadi. Ushbu asoratlar orasida buyrak disfunksiyasi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u kasallikning og‘irlashuvi, davolash samaradorligining pasayishi va bemorlarda o‘lim xavfining ortishi bilan bog‘liqdir. SO‘OK bilan kasallangan bemorlarda buyrak shikastlanishi gipoksemiya, surunkali yallig‘lanish, oksidlovchi stress, endotelial disfunksiya, shuningdek, dori vositalarining nefrotoksik ta’siri bilan izohlanadi. Biroq buyrak funksiyasining erta bosqichda buzilishi ko‘p hollarda klinik simptomlarsiz kechadi va an’anaviy laborator ko‘rsatkichlar — qonda kreatinin miqdori hamda glomerulyar filtratsiya tezligi orqali faqat kech bosqichlarda aniqlanadi. Bu esa buyrak shikastlanishini o‘z vaqtida tashxislash va profilaktika qilish imkoniyatlarini cheklaydi. So‘nggi yillarda buyrak disfunksiyasini erta aniqlash maqsadida yangi biomarkerlarni o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Sistatin C, β2-mikroglobulin, interleykinlar va boshqa molekulyar ko‘rsatkichlar buyrak to‘qimasidagi minimal o‘zgarishlarni ham erta bosqichda aks ettira olishi bilan ahamiyatlidir. Ushbu biomarkerlar qon va siydikda aniqlanib, buyrak shikastlanishining erta diagnostikasi, kasallikning prognozi va davolash samaradorligini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSharipova N.S., Jabbarov O.O.
JurnalЁш олимлар тиббиёт журнали
NashriyotТошкент тиббиёт академияси
ISSN2181-3485
Nashr sanasi2026-03-09
Son17
Betlar37-40
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-08-27

Kalit so‘zlar

surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi, buyrak disfunksiyasi, erta biomarkerlar, sistatin C, β2-mikroglobulin, mikroalbuminuriya glomerulyar filtratsiya tezligi, surunkali yallig‘lanish, gipoksemiya.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APASharipova N.S., Jabbarov O.O. (2026). SURUNKALI OBSTRUKTIV O‘PKA KASALLIGI BEMORLARIDA BUYRAK DISFUNKSIYASINING ERTA BIOMARKERLARI. Ёш олимлар тиббиёт журнали, (17), 37-40. https://journals.tnmu.uz/index.php/yotj/article/view/4097
GOST (OAK)Sharipova N.S., Jabbarov O.O. SURUNKALI OBSTRUKTIV O‘PKA KASALLIGI BEMORLARIDA BUYRAK DISFUNKSIYASINING ERTA BIOMARKERLARI // Ёш олимлар тиббиёт журнали. – 2026. – № 17. – B. 37-40.
MLASharipova N.S., Jabbarov O.O. “SURUNKALI OBSTRUKTIV O‘PKA KASALLIGI BEMORLARIDA BUYRAK DISFUNKSIYASINING ERTA BIOMARKERLARI.” Ёш олимлар тиббиёт журнали, (17), 37-40, 2026. https://journals.tnmu.uz/index.php/yotj/article/view/4097
ChicagoSharipova N.S., Jabbarov O.O. “SURUNKALI OBSTRUKTIV O‘PKA KASALLIGI BEMORLARIDA BUYRAK DISFUNKSIYASINING ERTA BIOMARKERLARI.” Ёш олимлар тиббиёт журнали, (17), 37-40 (2026). https://journals.tnmu.uz/index.php/yotj/article/view/4097
HarvardSharipova N.S., Jabbarov O.O (2026) ‘SURUNKALI OBSTRUKTIV O‘PKA KASALLIGI BEMORLARIDA BUYRAK DISFUNKSIYASINING ERTA BIOMARKERLARI’, Ёш олимлар тиббиёт журнали, (17), 37-40. https://journals.tnmu.uz/index.php/yotj/article/view/4097
BibTeX
@article{sharipovansjabbarovoo2026,
  title = {SURUNKALI OBSTRUKTIV O‘PKA KASALLIGI BEMORLARIDA BUYRAK DISFUNKSIYASINING ERTA BIOMARKERLARI},
  author = {Sharipova N.S., Jabbarov O.O.},
  journal = {Ёш олимлар тиббиёт журнали},
  year = {2026},
  number = {17},
  pages = {37-40},
  url = {https://journals.tnmu.uz/index.php/yotj/article/view/4097}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Ёш олимлар тиббиёт журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Ёш олимлар тиббиёт журнали — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari