BOYITILGAN KAOLIN ASOSIDA SEOLITLAR SINTEZI VA ULARNING ADSORBSION QOBILIYATINI BAHOLASH

Oydinov M.X.

Ёш олимлар тиббиёт журнали · 2025-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada boyitilgan kaolin asosida seolitlarning sintezi va ularning adsorbsion xususiyatlari tadqiq etildi. Tadqiqot uchun Oʻzbekistondagi alyuminosilikat manbasi — Angren kaolini tanlandi. Kaolin oksalat kislota eritmasi bilan ishlov berilib, γ-Al₂O₃ bilan 2,2:1 nisbatda aralashtirildi va 2 M NaOH eritmasi bilan qayta ishlovdan oʻtkazildi. Aralashma avtoklavda 100 °C da qizdirildi. FTIR spektrlari natijasida 1001,15 sm⁻¹ da yuqori intensivlikdagi choʻqqilar kuzatildi, bu Si–O–Si choʻzilma tebranishlariga xos assimetriyani bildiradi. 466,86 sm⁻¹ da aniqlangan tebranishlar Si–O yoki Al–O bogʻlanishlariga mos keladi. Rentgen fazali tahlil natijalari sintezlangan seolitning Na₁₂(AlO₂)₁₂(SiO₂)₁₂·27H₂O kristall tuzilishga ega ekanini koʻrsatdi. Sintezlangan NaA seolitda suv molekulalarining adsorbsion izotermasi, differensial issiqligi va muvozanat vaqti baholandi. Shuningdek, molekulyar elaklarning BET tahlili suyuq azot adsorbsiyasi asosida oʻtkazilib, seolitning izotermasi, sirt maydoni va gʻovak hajmi aniqlandi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarOydinov M.X.
JurnalЁш олимлар тиббиёт журнали
Nashr sanasi2025-09-27
Son15
Betlar99-105
TilRus

Kalit so‘zlar

metakaolin, nanosturuktura, seolit, kaolin, kristall, spektroskopiya

Ilmiy soha

Ёш олимлар тиббиёт журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Ёш олимлар тиббиёт журнали — barcha maqolalar