Yangi tug‘ilgan сhaqaloqda goldenxar sindromi: klinik kuzatuv

Xodjamova N.K., Saidxodjayeva S.N., Abdukadirova M.K.

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Tadqiqot maqsadi. Goldenxar sindromi (yoki jabra yoylari sindromi) — bilan tug’ilgan chaqaloqda klinik kuzatuvni yoritib berish. Materiallar va usullar. Goldenxar sindromi bilan tug’ilgan chaqaloqni klinik, laborator, instrumental tekshiruvlar o’tkazildi, chaqaloqni rivojlanish tarixi o’rganildi. Natijalar: Klinik holat tavsifi: Goldenxar sindromi bo‘lgan yangi tug‘ilgan qiz bola. Chaqaloqda yuz dismorfizmi yuzning har ikki tomonida simmetrik ravishda kuzatildi, shuningdek, tumshuqsimon burun, pastki jag‘ gipoplaziyasi (mikrognatiya), har ikki quloq anotiyasi (quloq suprasining yo‘qligi), tizimsimon preaurikulyar o‘simta, tashqi eshituv yo‘li atreziyasi aniqlangan. Goldenxar sindromi ko‘p sonli rivojlanish nuqsonlari bilan birga kechgan: yurakning tug‘ma nuqsonlari (Fallo tetradasi, bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni, ochiq arterial yo‘l); ko‘zlar tomonidan tug‘ma koloboma, qisman tug‘ma katarakta; suyak tizimi tomonidan har ikki oyoq-qo‘llarda polidaktiliya va sindaktiliya; bosh miya tomonidan qadoqsimon tana ageneziyasi kuzatildi. Xulosa: Profilaktikaning asosiy bo‘g‘inlarini to‘g‘ri tashkil etish tug‘ma rivojlanish nuqsonlari bo‘lgan bolalar tug‘ilishini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXodjamova N.K., Saidxodjayeva S.N., Abdukadirova M.K.
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
NashriyotEMU University
ISSN2026-2027, 2181-4007
Nashr sanasi2026-04-23
Son33
Betlar197-202
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-08-27

Kalit so‘zlar

Goldenxar sindromi, anotiya, mikrognatiya, koloboma, tug‘ma yurak nuqsonlari, klinik holat.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAXodjamova N.K., Saidxodjayeva S.N., Abdukadirova M.K. (2026). YANGI TUG‘ILGAN СHAQALOQDA GOLDENXAR SINDROMI: KLINIK KUZATUV. Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (33), 197-202. https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/4633
GOST (OAK)Xodjamova N.K., Saidxodjayeva S.N., Abdukadirova M.K. YANGI TUG‘ILGAN СHAQALOQDA GOLDENXAR SINDROMI: KLINIK KUZATUV // Гуманитар ва табиий фанлар журнали. – 2026. – № 33. – B. 197-202.
MLAXodjamova N.K., Saidxodjayeva S.N., Abdukadirova M.K. “YANGI TUG‘ILGAN СHAQALOQDA GOLDENXAR SINDROMI: KLINIK KUZATUV.” Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (33), 197-202, 2026. https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/4633
ChicagoXodjamova N.K., Saidxodjayeva S.N., Abdukadirova M.K. “YANGI TUG‘ILGAN СHAQALOQDA GOLDENXAR SINDROMI: KLINIK KUZATUV.” Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (33), 197-202 (2026). https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/4633
HarvardXodjamova N.K., Saidxodjayeva S.N., Abdukadirova M.K (2026) ‘YANGI TUG‘ILGAN СHAQALOQDA GOLDENXAR SINDROMI: KLINIK KUZATUV’, Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (33), 197-202. https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/4633
BibTeX
@article{xodjamovanksaidxodjayevasnabdukadirovamk2026,
  title = {YANGI TUG‘ILGAN СHAQALOQDA GOLDENXAR SINDROMI: KLINIK KUZATUV},
  author = {Xodjamova N.K., Saidxodjayeva S.N., Abdukadirova M.K.},
  journal = {Гуманитар ва табиий фанлар журнали},
  year = {2026},
  number = {33},
  pages = {197-202},
  url = {https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/4633}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari