CHAQALOQLARDA GASTROSHIZIS VA OMFALOTSELENI DAVOLASH SAMARADORLIGI

Ro‘zmatov I.B., Durdiyev S.H.

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Maqsad: Gastroshizis va omfalotsele bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llanilayotgan jarrohlik davolash usullarining samaradorligini baholash. Material va usullar. Tadqiqotlar Respublika neonatal xirurgiya o‘quv-davolash-metodik markazida 243 nafar (103 qiz va 140 o‘g‘il bolalar) qorin old devorining turli ko‘rinishdagi nuqsonlari bor chaqaloqlarda o‘tkazildi. Natijalar. Qorin old devori tug‘ma nuqsoni bilan tug‘ilgan chaqaloqlarning asosiy guruhidagi 154 nafar bemorlardan 46 (29,8%) tasida, taqqoslov guruhidagi 89 nafar bemorning 54 (60,7%) tasida o‘lim holati kuzatildi. Asosiy guruhda o‘lim holati 30,9% ga yoki 2 barobarga kamaydi. Qorin old devori tug‘ma nuqsoni bilan tug‘ilgan asosiy guruh bemorlarida yaxshi va qoniqarli natija taqqoslov guruhiga nisbatan 38% ga yaxshilandi, qoniqarsiz natija 2,3 barobarga, ya’ni 15,2% ga kamaydi. Xulosa: Bu esa qorin old devori tug‘ma nuqsoni bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni davolashda taklif etilayotgan dastur va algoritmlarni keng tadbiq qilishni tavsiya etadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarRo‘zmatov I.B., Durdiyev S.H.
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
Nashr sanasi2026-04-23
Son33
Betlar6-11
TilRus

Kalit so‘zlar

chaqaloqlar, omfalotsele, gastroshizis, jarrohlik amaliyoti

Ilmiy soha

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar