SISTIT ETIOLOGIYASIDA MIKROORGANIZMLARNI AHAMIYATI

Yodgorova N.T., Mirvaliyeva N.R., Raximjanova M.T.

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2025-yil

Annotatsiya

Tadqiqot maqsadi: Sistitning kelib chiqishida mikroorganizmlarning ahamiyati va salbiy ta’sirlarini o’rganish. Material va usullar: Ayollarda uUTI (yuqori siydik yo'llari infeksiyalari) juda keng tarqalgan bo'lib, yiliga taxminan 11% hollarda uchraydi va cUTI (pastki siydik yo'llari infeksiyalari) ga nisbatan ko'proq uchraydi Ayollarning 80% gacha bo'lgan qismlari hayotlarida kamida bir marta uUTI boshdan kechirishadi, va 45% gacha bo'lgan ayollar qayta-qayta uUTI bilan og'rishadi .Yaqin o'tmishda, oddiy sistit yoki o‘tkir pielonefritning eng keng tarqalgan sababchi patogenlari bo‘lgan va hozirgi kunda ham E. coli (80%) va S. saprophyticus (5% dan 15% gacha) bo‘lgan. UUTI larining keng tarqalganligi sababli, ular sezilarli yukni tashkil etadi – tez va samarali davolanish bo'lmasa, alomatlar bir necha kun davomida chidab bo'lmas darajada og'riqli bo'lishi mumkin va ish va kundalik hayotga ta'sir ko'rsatadi. Natijalar tahlili va muhokamasi: Sistitni davolashda hozirda antibyotiklardan fosfomitsin, nitrofurantoin va pivmecillinam odatda cUTI (pastki siydik yo'llari infektsiyasi) davolashda samarali deb hisoblanadi va odatda birinchi qator terapiya sifatida qo'llaniladi. AQSH, Braziliya, Italiya, Hindiston, Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiya kabi mamlakatlardan bo'lgan panel a'zolari orasida ftorxinolonlarga qarshi qarshilikning ortishi uUTI uchun empirik ravishda dori tanlashda asosiy muammo sifatida keltirildi. Biroq, ushbu preparatlar uUTI bo'yicha ko'rsatmalarda tavsiya etilgan davolash usullari sifatida qolmoqda, odatda ikkinchi variantlar sifatida. Shuningdek, Braziliya, Italiya, Belgiya va Rossiyada 50 000 ga yaqin ayolni o'z ichiga olgan katta retrospektiv tadqiqotida, birinchi qator antibiotik sifatida ftorxinolonlar 20-39% hollarda tanlangan. Xulosa: Sistitni kelib chiqaradigan mikroorganizmlarga qarshi antibyotiklar va probyotiklar foydalanish orqali ayollarda bu kasallikni oldini olish va har doim peshob yollari gigeyenalariga rioya qilish orqali va togri berilgan antibyotiklarni vaqti bilan belgilangan holda foydalanish ularda sistitni qaytalanishini oldi olinishi mumkin.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarYodgorova N.T., Mirvaliyeva N.R., Raximjanova M.T.
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
Nashr sanasi2025-03-14
Son19
Betlar45-49
TilRus

Kalit so‘zlar

sistit, e.coli, stafilokokk, molekulyar, genetik, biofilm.

Ilmiy soha

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar