REVMATOID ARTRIT KASALLIGIDA SITOKINLAR TIZIMI VAZIFASINING MOLEKULAR ASOSLARI VA ANTI-SITOKINLI DAVOLASH MEXANIZMI

Babamurodova , Zarina Baxtiyarovna

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2023-yil

Annotatsiya

Sitokin tizimi - gematopoetik, immun va tananing boshqa gomeostatik tizimlarida hujayra elementlarining ko'payishi, differentsiatsiyasi va funktsional faolligi jarayonlarini boshqarish uchun mo'ljallangan universal, polimorf, tartibga soluvchi vositachilar tarmog'idir. Revmatoid artrit (RA) patogenezida muhim masalalardan biri autoimmun yallig'lanish rivojlanishida tug'ma immunitet mexanizmlarining rolidir. Tadqiqotning maqsadi RA patogenezida sitokinlarning rolini ta'kidlash va sitokinlarga qarshi terapiyani muqobillashtirish hisoblanadi. Tadqiqot uchun material SamDMU 1-sonli ko'p tarmoqli klinikasining 1-sonli terapevtik bo'limining RA bilan kasallangan bemorlar va sog'lom shaxslarining DNK namunalari edi. Bemorlar guruhi 25-45 yoshdagi 49 kishi va nazorat guruhi, 71 ta amalda sog'lom odamlardan iborat edi. Sitokinlar tizimi polimorf tuzilishli va uning polimorfizmini shakllantirishda allel polimorfizm kabi mexanizm muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Taqdim etilgan klinik va laboratoriya tadqiqotlari natijalari ikkala guruhdagi bemorlarning A kichik guruhlarida metotreksat terapiyasiga torpidlik rivojlanishini ko'rsatadi. Shunday qilib, anti-sitokin terapiyasidan foydalanish RAni davolashda katta yutuq bo’lib hisoblanadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarBabamurodova , Zarina Baxtiyarovna
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
Nashr sanasi2023-11-28
Son4
Betlar131-136
TilRus

Kalit so‘zlar

revmatoid artrit, sitokinlar, gen polimorfizmi, interleykinlar, o'sma nekrozi omili (TNF-α), monoklonal antitanalar.

Ilmiy soha

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar