INGLIZ VA O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA TURG‘UN BIRIKMALAR TASNIFI

Turgunova, Shaxnoza Tursunbayevna

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tilshunosligida turg‘un birikmalar (frazeologik birliklar)ning shakllanishi, rivojlanishi va ilmiy-nazariy asoslari keng qamrovda o‘rganiladi. Tadqiqot doirasida frazeologik birliklarning lingvistik tabiatini aniqlash, ularni tasniflash mezonlarini belgilash hamda semantik, strukturaviy va funksional xususiyatlarini qiyosiy jihatdan tahlil qilish asosiy maqsad sifatida qo‘yilgan. Maqolada ingliz va o‘zbek tillariga xos bo‘lgan turg‘un birikmalar turli ilmiy manbalar, jumladan, klassik va zamonaviy tilshunoslik tadqiqotlari asosida o‘rganilib, ularning o‘xshashlik va farqli tomonlari tizimli ravishda ochib beriladi. Shuningdek, frazeologizmlarning ichki semantik tuzilishi, komponentlar o‘rtasidagi munosabatlar, ko‘chma ma’no hosil bo‘lish mexanizmlari hamda nutq jarayonidagi stilistik va kommunikativ funksiyalari batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqotda turg‘un birikmalarning milliy- madaniy xususiyatlari, xalq tafakkuri va dunyoqarashini aks ettirishdagi o‘rni alohida yoritilib, ularning til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ifodalovchi muhim birlik ekanligi asoslab beriladi. Bundan tashqari, ingliz va o‘zbek tilshunosligida frazeologik birliklarni tasniflashga oid mavjud yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinib, ularning nazariy va amaliy ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari frazeologiya sohasidagi ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish, tarjima jarayonida turg‘un birikmalarni to‘g‘ri talqin qilish hamda chet tillarni o‘qitishda samarali metodlarni ishlab chiqishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarTurgunova, Shaxnoza Tursunbayevna
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-06-05
Jild8
Son04
Betlar808-817
TilIngliz
DOI10.70728/b.series.v08.i04.115

Kalit so‘zlar

turg‘un birikma, frazeologizm, idiom, semantika, strukturaviy tahlil, funksional xususiyat, tasnif, tilshunoslik, qiyosiy tahlil, lingvokulturologiya CLASSIFICATION OF FIXED EXPRESSIONS IN ENGLISH AND UZBEK LINGUISTICS

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar