Мазкур мақолада мустақиллик арафасида Ўзбекистонда, хусусан Фарғона водийсида миллий сиёсатнинг трансформацияси ва этнополитик жараёнлар таҳлил қилинган. Совет даври миллий сиёсатининг мазмун-моҳияти, унинг салбий оқибатлари ҳамда миллатлараро муносабатларга таъсири очиб берилган. Шунингдек, мустақилликдан сўнг шаклланган янги миллий сиёсатнинг асосий тамойиллари — инсон ҳуқуқлари, миллатлар тенглиги, бағрикенглик ва маданий хилма-хилликни ҳурмат қилиш масалалари ёритилган. Фарғона водийси мисолида этник можаролар сабаблари, уларнинг бартараф этилиши ва барқарор этнополитик муҳитни шакллантириш жараёнлари илмий жиҳатдан асосланган. Тадқиқот натижалари миллий сиёсатни такомиллаштириш ва миллатлараро тотувликни таъминлашда муҳим аҳамиятга эга
| Mualliflar | Отабек Одилович, Базаров |
|---|---|
| Jurnal | Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар |
| Nashr sanasi | 2026-06-27 |
| Jild | 8 |
| Son | 3 |
| Betlar | 1206-1211 |
| Til | Ingliz |
миллий сиёсат, этнополитик жараёнлар, Фарғона водийси, миллатлараро муносабатлар, трансформация, инсон ҳуқуқлари, бағрикенглик, этник можаро, миллий идентичлик, маданий хилма-хиллик, ижтимоий-сиёсий жараёнлар
Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda XIX asr – XX asr boshlarida mavjud bo‘lgan uch yirik davlat – Buxoro amirligi, Qo‘qon xonligi va Xiva xonligining xalqaro aloqalari tahlil qilinadi. Xonliklarning Rossiya imperiyasi…
Mazkur maqolada oila institutining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni tarixiy jarayonlar kesimida tahlil qilinadi hamda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishning shakllanish bosqichlari yoritiladi. Tadqiqotda turli tarixiy…
Mazkur maqolada buyuk mutafakkir va mumtoz adabiyot namoyandasi Alisher Navoiy asarlarida diniy bag‘rikenglik masalalari ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Navoiy ijodida islom axloqi, insonparvarlik, adolat va o‘zga…
Mazkur maqolada yoshlarda tarixiy ongni shakllantirish jarayoni ijtimoiy-falsafiy yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Unda tarixiy ongning mazmuni, asosiy komponentlari hamda jamiyat tafakkuri bilan o‘zaro bog‘liqligi…
Ushbu maqolada O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikning 1991-2023 yillardagi rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqot tarixiy davriylik, qiyosiy tahlil va tizimli yondashuv asosida…
Maqolada 1888 yilda Chustda tug‘ilgan o‘z davrining ilg‘or kishilaridan biri bo‘lgan, partiya va sovet hokimiyati tizimlarida mas’ul lavozimlarda ishlab, xalq manfaati uchun goh oshkora, goh yashirin kurash olib…
Ushbu maqolada sovet davri tarixshunosligida O‘zbekiston, xususan, Samarqand viloyatida 1946–1991-yillar mobaynida kechgan iqtisodiy jarayonlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda sovet hokimiyatining boshqaruv tizimi, yagona…
Mazkur maqolada 1980-yillarda Oʻzbekistonda yuzaga kelgan “Paxta ishi”ning siyosiy-iqtisodiy sabablari va huquqiy oqibatlari kompleks tahlil qilinadi. Sovet reja iqtisodiyoti sharoitida paxta yakkahokimligi siyosati…
Ushbu maqolada lotin tilidagi sonlarning tibbiy terminologiyada qo‘llanilish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tibbiyot fanida qo‘llaniladigan ko‘plab atamalar lotin va yunon tillari asosida shakllangan bo‘lib, ularda son…
Ушбу мақолада Фахриддин Муборакшоҳнинг “Одоб ал-ҳарб ва-л-шижоат” (“Уруш ва ботирлик одоби”) асари мўғул босқинидан олдинги даврда туркийлар, форслар, ҳиндлар ва арабларнинг ҳарб иши ва тажрибасига оид муҳим манба…