1867–1917-YILLARDA TURKISTON O‘LKASIDA XORIJIY ILMIY EKSPEDITSIYALARNI TASHKIL ETISHNING TARIXIY-SIYOSIY SHART-SHAROITLARI

Azizbek Boxodir o‘g‘li, Muminov

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada 1867–1917-yillarda Turkiston o‘lkasiga uyushtirilgan xorijiy ilmiy ekspeditsiyalarning tarixiy-siyosiy shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi natijasida mintaqada ilmiy tadqiqotlar uchun zarur bo‘lgan ma’muriy-institutsional infratuzilma shakllangani ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, Rossiya imperiyasi va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi geosiyosiy raqobat sharoitida ilmiy ekspeditsiyalarning strategik ahamiyati ochib beriladi. Maqolada ilmiy jamiyatlar, akademik institutlar va xususiy fondlarning ekspeditsiyalarni moliyalashtirish hamda tashkillashtirishdagi o‘rni yoritiladi. Ekspeditsiyalarning geografiya, arxeologiya, etnografiya, tilshunoslik va tabiiy fanlar sohalarini qamrab olgan ko‘p tarmoqli xususiyati asoslab beriladi. R. Pampelli, S. Xedin, P. Pellо, A. Shtayn kabi tadqiqotchilar faoliyati misolida Turkistonning jahon ilmiy makoniga integratsiyalashuvi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida xorijiy ilmiy ekspeditsiyalar mintaqaning ilmiy o‘rganilishida muhim omil bo‘lgani hamda ular ilmiy, siyosiy va madaniy jarayonlar kesishgan nuqtada shakllangani xulosasi chiqariladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAzizbek Boxodir o‘g‘li, Muminov
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-06-27
Jild8
Son3
Betlar1069-1073
TilIngliz

Kalit so‘zlar

Turkiston, ilmiy ekspeditsiya, tarixshunoslik, geosiyosat, “Katta o‘yin”, Rus geografiya jamiyati, arxeologiya, etnografiya, sharqshunoslik, ilmiy institutlar

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar