KREDIT MUNOSABATLARIDAN KELIB CHIQADIGAN NIZOLARDA KAFILLIK INSTITUTINING ROLI

Tillaboyeva, M.

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada kredit munosabatlarida kafillik institutining huquqiy mohiyati hamda kredit nizolarini hal etishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda kredit bozorining kengayishi natijasida fuqarolik sudlarida kredit qarzdorligini undirish bilan bog‘liq nizolar sonining ortib borayotgani ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining kafillikka oid normalari asosida kafilning huquqiy maqomi, uning qarzdor bilan birgalikdagi javobgarligi, subsidiar va solidar javobgarlik masalalari ilmiy-huquqiy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot natijasida kredit majburiyatlari bajarilishini ta’minlashda kafillik institutining amaliy ahamiyati hamda uning sud amaliyotidagi o‘rni ochib beriladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarTillaboyeva, M.
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-06-27
Jild8
Son3
Betlar915-919
TilIngliz

Kalit so‘zlar

kredit nizolari, kafillik, kafil, kredit majburiyati, solidar javobgarlik, subsidiar javobgarlik, kredit shartnomasi

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar