Xorazm Viloyati g`o`za dalalari sharoitida forficula auricularia LINNAEUS,1758 sonining mavsumiy o`zgarishi

Temur Samandarovich, Atajanov

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Forficula auricularia Linnaeus, 1758 teriqanotlilar (Dermaptera) tartibining eng keng tarqalgan va yaxshi o‘rganilgan vakillaridan biri bo‘lib, palearktika hududida, jumladan Markaziy Osiyo agrotsenozlarida uchraydi. U nam va o‘rtacha nam tuproqli agrobiotsenozlarni, bog‘ va dalalarni afzal ko‘radi. Tanasi cho‘zilgan va yassi, uzunligi odatda 12–18 mm, ba’zi urg‘ochilarda 20 mm gacha, tana rangi jigarrangdan to‘q qo‘ng‘ir, qorin qismi nisbatan ochroq. Bosh qismi keng, ko‘zlari rivojlangan, mo‘ylovlari ip shaklida bo‘lib, sezgi organi sifatida xizmat qiladi. Ko‘krak uch bo‘limdan iborat, pronotum kengligi 2.5–3 mm, uzunligi 1.8–2.2 mm. Oldingi qanotlari qisqa, elitra shaklida, orqa qanotlari rivojlangan, odatda elitra ostida yig‘ilgan. Oyoqlari uzun va kuchli, tarsal bo‘g‘imlari uch bo‘g‘imli. Eng muhim diagnostik belgi — qorin oxiridagi serkilar bo‘lib, erkaklarda egilgan va assimmetrik, urg‘ochilarda to‘g‘ri va qisqaroq. Bu turning morfometriya va anatomik xususiyatlari tuproq va o‘simlik qoldiqlari orasida yashashga moslashganligini ko‘rsatadi. Populyatsiya dinamikasi mavsumiy va sug‘orish turiga bog‘liq. Bahor boshidan yoz o‘rtalarigacha soni oshadi, yoz oxiridan pasayish boshlanadi. Tomchilatib sug‘orishda populyatsiya zichligi eng yuqori, plyonka ostida esa eng past. Bu holat Forficula auricularianing agroekotizimlarda ekologik indikator va biologik nazorat vositasi sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari ushbu turning g‘o‘za dalalari tuproq entomofaunasida muhim komponent ekanligini va agroekosistemalarning monitoringi hamda biologik nazorat strategiyalarida rolini tasdiqlaydi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarTemur Samandarovich, Atajanov
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
NashriyotҚўқон давлат педагогика институти
ISSN3030-3958
Nashr sanasi2026-03-18
Jild8
Son2
Betlar556-562
TilO‘zbek
DOI10.70728/a.series.v08.i02.076
Indeksga qo‘shilgan2026-08-27

Kalit so‘zlar

Forficula auricularia, Dermaptera, Forficulidae, morfometriya, populyatsiya dinamikasi, agroekotizim, biologik nazorat, tuproq entomofaunasi, sug‘orish sharoiti

Iqtibos keltirish

APATemur Samandarovich, Atajanov (2026). XORAZM VILOYATI G`O`ZA DALALARI SHAROITIDA FORFICULA AURICULARIA LINNAEUS,1758 SONINING MAVSUMIY O`ZGARISHI. Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(2), 556-562. https://doi.org/10.70728/a.series.v08.i02.076
GOST (OAK)Temur Samandarovich, Atajanov XORAZM VILOYATI G`O`ZA DALALARI SHAROITIDA FORFICULA AURICULARIA LINNAEUS,1758 SONINING MAVSUMIY O`ZGARISHI // Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар. – 2026. – T. 8, № 2. – B. 556-562. – DOI: 10.70728/a.series.v08.i02.076.
MLATemur Samandarovich, Atajanov. “XORAZM VILOYATI G`O`ZA DALALARI SHAROITIDA FORFICULA AURICULARIA LINNAEUS,1758 SONINING MAVSUMIY O`ZGARISHI.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(2), 556-562, 2026. https://doi.org/10.70728/a.series.v08.i02.076
ChicagoTemur Samandarovich, Atajanov. “XORAZM VILOYATI G`O`ZA DALALARI SHAROITIDA FORFICULA AURICULARIA LINNAEUS,1758 SONINING MAVSUMIY O`ZGARISHI.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(2), 556-562 (2026). https://doi.org/10.70728/a.series.v08.i02.076
HarvardTemur Samandarovich, Atajanov (2026) ‘XORAZM VILOYATI G`O`ZA DALALARI SHAROITIDA FORFICULA AURICULARIA LINNAEUS,1758 SONINING MAVSUMIY O`ZGARISHI’, Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(2), 556-562. https://doi.org/10.70728/a.series.v08.i02.076
BibTeX
@article{temursamandarovichatajanov2026,
  title = {XORAZM VILOYATI G`O`ZA DALALARI SHAROITIDA FORFICULA AURICULARIA LINNAEUS,1758 SONINING MAVSUMIY O`ZGARISHI},
  author = {Temur Samandarovich, Atajanov},
  journal = {Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар},
  year = {2026},
  volume = {8},
  number = {2},
  pages = {556-562},
  doi = {10.70728/a.series.v08.i02.076},
  url = {https://doi.org/10.70728/a.series.v08.i02.076}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi