So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning tez rivojlanib ketishi nafaqat moliyaviy sohada, balki globalbank tizimida ham muhim strukturaviy o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Moliyaviy xizmatlarni taqdim etish va ulardanfoydalanish shakllarini tubdan o‘zgartirdi, desak xato bo‘lmaydi. Ayniqsa, O‘zbekiston bank tizimida mobil banking,internet-banking va raqamli to‘lov platformalarining keng joriy etilishi so‘nggi yillarda iqtisodiy samaradorlikni oshirish,moliyaviy inklyuziyani ta’minlash hamda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shunuqtayi nazardan, ushbu tadqiqotning maqsadi 2024–2025-yillar ma’lumotlari asosida O‘zbekistonda masofaviy bankxizmatlarining iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka ta’sirini kompleks baholashdan iborat. Tadqiqotda aralash metodologiyaqo‘llanilib, birlamchi va ikkilamchi ma’lumotlar uyg‘unlashtirildi. Birlamchi ma’lumotlar 2024–2025-yillarda shaharva qishloq hududlarida yashovchi jismoniy shaxslar hamda kichik biznes subyektlarini qamrab olgan 500 nafar bankmijozlari o‘rtasida o‘tkazilgan tuzilmaviy so‘rovnoma natijalari asosida yig‘ildi. So‘rovnoma masofaviy bank xizmatlaridanfoydalanish chastotasi, mijozlar qoniqishi va ushbu xizmatlarga bo‘lgan ishonchni aniqlashga qaratildi. Ikkilamchima’lumotlar esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024–2025-yillardagi rasmiy statistik hisobotlari vaxalqaro moliyaviy institutlarning bank sektori bo‘yicha tahliliy materiallaridan olindi. Tahlil jarayonida tavsifiy statistikayordamida mijozlarning xulq-atvori umumlashtirildi, regressiya tahlili esa masofaviy bank xizmatlaridan foydalanishdarajasi bilan iqtisodiy barqarorlik, xususan, uy xo‘jaliklari jamg‘armalari va kichik biznes subyektlarining pul oqimlario‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga xizmat qildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, masofaviy bank xizmatlaridan foydalanishiqtisodiy barqarorlikka sezilarli va ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘rovnoma ma’lumotlariga ko‘ra, respondentlarning 72 foizimobil bankingdan, 65 foizi esa internet-bankingdan muntazam foydalanadi va shahar hududlarida bu ko‘rsatkichlaryuqoriroqdir. Shu bilan birga, qishloq hududlaridagi foydalanuvchilarning 68 foizi masofaviy bank xizmatlari moliyaviyxizmatlarga kirish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirganini qayd etdi.
| Mualliflar | Xolmatova , Asila |
|---|---|
| Jurnal | Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт |
| Nashr sanasi | 2026-02-01 |
| Jild | 4 |
| Son | 2 |
| Til | O‘zbek |
| DOI | 10.5281/zenodo.18498413 |
DOI: 10.5281/zenodo.18498413 · Maqolaning asl sahifasi
bank sektorini raqamlashtirish; tijorat banklari samaradorligi; raqamli moliyaviy transformatsiya; empirik regressiya tahlili; moliyaviy inklyuziya dinamikasi; mobil va internet-bankingdan foydalanish; masofaviy bank xizmatlari
В статье рассматриваются возможности использования зелёных облигаций (green bonds)коммерческими банками как инструмента выхода на международные финансовые рынки. Особое вниманиеуделено роли “green bonds” в привлечении…
Maqolada qurilish materiallari sanoati korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini sun’iy intellekt (SI)texnologiyalari asosida raqamli transformatsiya qilish orqali raqobatbardoshlikni oshirish masalalari tahlil…
Ushbu maqolada ekologik boshqaruv va ekologik auditning nazariy-uslubiy asoslari, shuningdek, ularningbarqaror rivojlanishni ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Ekologik menejment tizimining mohiyati, asosiy vazifalari…
Ushbu ilmiy maqolada ijtimoiy obyektlarda qurilish xizmatlarini moliyalashtirishning nazariy asoslari hamdaasosiy tamoyillari kompleks tarzda yoritilgan. Tadqiqot doirasida ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishining…
Mazkur maqolada O‘zbekistonda soliqqa tortish tizimining hozirgi holati hamda norasmiy iqtisodiyotningiqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilingan. Norasmiy iqtisodiyotning shakllanish sabablari, uning soliq…
Mazkur maqolada smart universitet modelining shakllanishi va rivojlanishiga oid xalqaro tajribalar tahlil qilinadihamda ushbu modelni Yangi O‘zbekiston sharoitida joriy etish imkoniyatlari o‘rganiladi. Covid-19…
Infrastructure systems face increasing challenges related to cost overruns, operational uncertainty, and riskexposure throughout their lifecycle. Digital twin technology offers new opportunities to support data-driven…
Maqolada energetika sohasidagi korxonalarda innovatsion texnologiyalarni raqamli transformatsiya vabarqaror rivojlanishga o‘tish sharoitida qo‘llashning asosiy yo‘llari muhokama qilinadi. Innovatsion yechimlarning…
Maqolada paxta bo‘lakchasining og‘ma to‘rli yuza sirti bo‘ylab havo oqimi ta’sirida harakatlanishi jarayonidaundagi mayda iflosliklarning ajralishi nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Paxta bo‘lakchasi tarkibidan ifloslik…
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida budjet ochiqligini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiybazaning evolyutsiyasi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda mustaqillikdan keyingi davrda qabul…