SURUNKALI BUYRAK YETISHMOVCHILIGI: PATOGENEZ, KLINIK KECHISH VA DAVOLASH TAMOYILLARI

Jumayev, Mamaziyo, Xalilova, Xadicha, Normuminov, Ollayor, Norto'rayev, Mardali

TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY)ning klinik va laborator xususiyatlari, patogenez mexanizmlari hamda davolash tamoyillari tahlil qilingan. Tadqiqot 2022-2024-yillar davomida 120 nafar turli bosqichdagi SBY bemorlari ishtirokida o'tkazilgan boʻlib, ularning umumiy ahvoli, glomerulyar filtrlash tezligi (GFR), kreatinin, gemoglobin va albumin/kreatinin nisbati o'rganilgan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, kasallikning og'irlashishi bilan GFR kamayib, kreatinin va albumin darajalari sezilarli oshadi. Diabetik nefropatiya va arterial gipertenziya asosiy etiologik omillar sifatida qayd etilgan. ACE-ingibitorlar, ARB preparatlari va parhez terapiyasi kasallik kechishini sekinlashtirgan, gemodializ esa og'ir bosqichlarda klinik ko'rsatkichlarni vaqtincha barqarorlashtirgan. Tadqiqot yakunida SBYni erta aniqlash, muntazam monitoring va bemor bilan individual ishlash kasallik oqibatlarini kamaytirishning eng samarali yo'li ekani ta'kidlanadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarJumayev, Mamaziyo, Xalilova, Xadicha, Normuminov, Ollayor, Norto'rayev, Mardali
JurnalTISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi
Nashr sanasi2025-12-11
Jild1
Son1
TilRus

Kalit so‘zlar

Surunkali buyrak yetishmovchiligi, diabetik nefropatiya, glomerulyar filtrlash tezligi, kreatinin, ACE-ingibitorlar, gemodializ, terapevtik yondashuv.

Ilmiy soha

TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi jurnalidan boshqa maqolalar

TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi — barcha maqolalar