Paxta tozalash korxonalarida moliyalashtirish–innovatsiya uzilishi: O‘zbekiston agroklasterlari misolida empirik tahlil

Murodov , Orif, G‘ulomov, Haydarbek

TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada agroklaster tizimida paxta tozalash korxonalarida yuzaga kelayotgan moliyalashtirish–innovatsiya uzilishi muammosi empirik asosda tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida Surxandaryo viloyatida joylashgan “Sherobod paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatining 2020–2023-yillarga oid moliyaviy hisobotlari asosida korxonaning moliyaviy holati, debitorlik va kreditorlik qarzlari hamda pul oqimlari dinamikasi o‘rganildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, yuqori darajadagi debitorlik qarzlari, foiz yuklamasining ortishi va klaster ichidagi hisob-kitoblarning kechikishi korxonaning likvidlik holatini yomonlashtirib, pul aylanish siklining uzayishiga olib keladi. Natijada korxona joriy faoliyatni moliyalashtirish bilan band bo‘lib, innovatsion rivojlanish uchun zarur bo‘lgan investitsion resurslarni shakllantira olmaydi. Tadqiqot davomida moliyalashtirish–innovatsiya uzilishini baholash uchun integrallashgan yondashuv taklif etilib, uning asosiy determinantlari sifatida pul aylanish sikli, qarzdorlik darajasi, foiz yuklamasi va to‘lovlar kechikishi aniqlandi. Empirik natijalar agroklaster tizimida moliyaviy resurslar va daromadlarning asimmetrik taqsimlanishini tasdiqlab, paxta tozalash korxonalarining “moliyaviy siqilgan bo‘g‘in” sifatida shakllanishini asoslab berdi. Maqolada muammoni bartaraf etish uchun debitorlik qarzlarini boshqarish, moliyaviy monitoringni raqamlashtirish (DGU-3) va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlovchi moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqildi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMurodov , Orif, G‘ulomov, Haydarbek
JurnalTISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi
NashriyotТермиз иқтисодиёт ва сервис университети
Nashr sanasi2026-05-25
Jild1
Son1
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

agroklaster, paxta tozalash korxonalari, moliyalashtirish–innovatsiya uzilishi, pul aylanish sikli, debitorlik qarzlari, foiz yuklamasi, moliyaviy bosim, innovatsiya

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAMurodov , Orif, & G‘ulomov, Haydarbek (2026). PAXTA TOZALASH KORXONALARIDA MOLIYALASHTIRISH–INNOVATSIYA UZILISHI: O‘ZBEKISTON AGROKLASTERLARI MISOLIDA EMPIRIK TAHLIL. TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi, 1(1). https://scientific.tues.uz/BSRTUES/article/view/180
GOST (OAK)Murodov , Orif, G‘ulomov, Haydarbek PAXTA TOZALASH KORXONALARIDA MOLIYALASHTIRISH–INNOVATSIYA UZILISHI: O‘ZBEKISTON AGROKLASTERLARI MISOLIDA EMPIRIK TAHLIL // TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi. – 2026. – T. 1, № 1.
MLAMurodov , Orif, and G‘ulomov, Haydarbek. “PAXTA TOZALASH KORXONALARIDA MOLIYALASHTIRISH–INNOVATSIYA UZILISHI: O‘ZBEKISTON AGROKLASTERLARI MISOLIDA EMPIRIK TAHLIL.” TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi, 1(1), 2026. https://scientific.tues.uz/BSRTUES/article/view/180
ChicagoMurodov , Orif, and G‘ulomov, Haydarbek. “PAXTA TOZALASH KORXONALARIDA MOLIYALASHTIRISH–INNOVATSIYA UZILISHI: O‘ZBEKISTON AGROKLASTERLARI MISOLIDA EMPIRIK TAHLIL.” TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi, 1(1) (2026). https://scientific.tues.uz/BSRTUES/article/view/180
HarvardMurodov , Orif, and G‘ulomov, Haydarbek (2026) ‘PAXTA TOZALASH KORXONALARIDA MOLIYALASHTIRISH–INNOVATSIYA UZILISHI: O‘ZBEKISTON AGROKLASTERLARI MISOLIDA EMPIRIK TAHLIL’, TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi, 1(1). https://scientific.tues.uz/BSRTUES/article/view/180
BibTeX
@article{murodovorif2026,
  title = {PAXTA TOZALASH KORXONALARIDA MOLIYALASHTIRISH–INNOVATSIYA UZILISHI: O‘ZBEKISTON AGROKLASTERLARI MISOLIDA EMPIRIK TAHLIL},
  author = {Murodov , Orif and G‘ulomov, Haydarbek},
  journal = {TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi},
  year = {2026},
  volume = {1},
  number = {1},
  url = {https://scientific.tues.uz/BSRTUES/article/view/180}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi jurnalidan boshqa maqolalar

TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Murodov , Orif — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari