O’ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI XIZMATLARINING SAMARADORLIGINING TAHLILI (ATB “SANOATQURILISHBANK” MISOLIDA)

Raxmatov , Temur

Innovations in Science and Technologies · 2025-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada Oʼzbekiston bank tizimidagi xizmatlarning daromadliligi, iqtisodiy samaradorligi o’rganilgan. Tijorat banklarining xizmatlar bozoridagi ishtiroki, raqobatbardosh banklar bilan birgalikda tijorat banklarining mijozlarni jalb qilish uchun amalga oshiradigan xizmat turlari, an’anaviy xizmat turlari, noan’anaviy xizmat turlari hamda yangi xizmat turlari ushbu maqolada keltirib o’tilgan. Bank maxsulotlari, ularning aholining ehtiyojidan kelib chiqib xizmat turlarining kengaytirilishi ko’rsatib berilgan. Bankning eng asosiy xizmat turlari sifatida tijorat banklarining depozit va kredit xizmatlarini ko’rsatilgan va tahlil qilingan. Ushbu xizmat turlari bankning kelib chiqishidan to bugungi holatigacha bo‘lgan davrda ham bu o‘z mohiyatini yo‘qotmagan. Tijorat banklarning bugungi kundagi moliyaviy ko‘rsatkichlari, ya’ni, ularning daromadlari, foizli daromadlari va foizsiz daromadlari, foizli xarajatlari, sof foizli daromadlari, kredit operatsiyalarining foizlaridan oladigan daromadlari dinamikasi hamda bir biriga bog‘liqligi ATB “Sanoatqurilishbank” misolida tahlil qilib chiqilgan. Ushbu maqolada tijorat banklarining xizmatlarining samaradorligi bo’yicha taklif va tavsiyalar berib o’tilgan. 

Maqola ma’lumotlari
MualliflarRaxmatov , Temur
JurnalInnovations in Science and Technologies
Nashr sanasi2025-06-27
Jild2
Son6
Betlar311-319
TilIngliz

Kalit so‘zlar

tijorat banki xizmatlari, bank operatsiyasi, depozit operatsiyasi, kredit operatsiyasi, foizli daromad, foizsiz daromad, foizli xarajat, sof foizli daromad, sof foyda, kredit foizlaridan olinadigan daromad.

Ilmiy soha

Innovations in Science and Technologies jurnalidan boshqa maqolalar

Innovations in Science and Technologies — barcha maqolalar